Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Administratsiyasi boshqaruv xodimlarining vakant lavozimlari qisqartiriladi. Sabab?

Prezident Administratsiyasi boshqaruv xodimlarining vakant lavozimlari qisqartiriladi. Sabab?

Foto: «7News.Uz»

Prezidentning «2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonida alohida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlarining vakant lavozimlarini qisqartirish hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reytinglar bilan ishlash va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘’basi takshil etiladi.

Vazirlik va idoralarda  ham belgilangan shtatlar soni doirasida xalqaro reytinglar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashgan tarkibiy bo‘linmalar tashkil etiladi.

Shuningdek, ushbu farmon bilan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul vazirlik va idoralar ro‘yxati tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring