Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident innovatsion texnologiyalar asosida korxona salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Prezident innovatsion texnologiyalar asosida korxona salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Foto: president.uz

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumanidagi «Sirdaryo Mega-Luks» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda 2012-yili tashkil etilgan qo‘shma korxonada polipropilen granulasidan turli hajmdagi qoplar ishlab chiqarilmoqda. Bu kimyo, qurilish, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va nooziq-ovqat sanoatida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlashda qo‘l keladi.

Foto: president.uz

Prezidentimiz korxona salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali sifat va samaradorlikni oshirish, ichki bozorni to‘la egallab, tashqi bozorlarga ham chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring