Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Konstitutsiyaviy komissiya bilan uchrashuvda qaysi so‘zlarni ko‘p ishlatdi?

Prezident Konstitutsiyaviy komissiya bilan uchrashuvda qaysi so‘zlarni ko‘p ishlatdi?

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari Prezident Shavkat Mirziyoyevning 20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi ma’ruzasini lingvistik tahlil qildilar.

Tasviriy ifodalovchi so‘zlardan foydalanib, tahlilchilar davlat rahbari nimaga ko‘proq e’tibor qaratayotganini aniqlashdi.

Prezidentimiz yangi qomusimizning to‘rtta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdi.

Tahlil natijasiga ko‘ra qo‘yidagilar aniqlandi:

Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida jami 5674 ta so‘zlardan foydalandi va ularning ichida eng ko‘p ishlatilangan so‘zlaraga: «Konstitutsiya» – 106 marta, «Davlat» – 75 marta, «Inson» – 54 marta, «Huquq» – 42 marta ishlatilgan bo‘lsa, «Fuqaro», «Qonun», «Taklif», «Yangi», «Hayot» kabi so‘zlari esa 30 martadan ko‘proq ishlatilgan. «Jamiyat», «Mustahkam», «Islohotot», «Oila», «O‘zbekiston», «Erkin», «Ijtimoiy», «Norma», "Shaxslar» ga oid so‘zlar 20 martadan ko‘proq ishlatilgan.

Davlat raxbarimiz ma’ruzalarida ishlatiligan so‘zlariga e’tibor qaratar ekanmiz, bugungi kundagi islohotlarining asosiy tamoyili bo‘lmish «Inson-Jamiyat-Davlat» degan yondashuviga ko‘proq urg‘u berilganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Baxtiyor Ismailov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring