Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident raisligida Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Prezident raisligida Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Qurolli Kuchlar akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha masalalar qatori harbiy qurilish sohasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

Xavfsizlik kengashining joriy yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida belgilab berilgan yo‘nalishlar hayotga tatbiq etildi. Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan 46 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

O‘tgan qisqa vaqtda harbiy qismlarning tuzilmalari to‘liq yangilandi. Samarasiz va vazifalari bo‘yicha bir-birini takrorlaydigan harbiy qismlar qisqartirildi. Natijada qo‘shinlarni saqlab turishga ketadigan xarajatlar kamaydi. Oziq-ovqat bilan ta’minlashda autsorsing tizimi joriy etildi. Bu harbiy bo‘linmalar jangovar tayyorgarligini oshirish, vaqt ko‘rsatkichlarini ikki barobar qisqartirish imkonini berdi.

Mamlakatimiz armiyasi qurolli kuchlar qudrati bo‘yicha dunyo reytingda bir yilda 9 pog‘onaga ko‘tarilgani, Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan nufuzli “Kembriy patruli” tanlovida harbiylarimiz 90 mamlakatdan ishtirok etgan 123 jamoa orasida birinchi o‘rinni egallagani bu boradagi ishlar to‘g‘riligini yaqqol isbotlaydi.

Armiya va xalq birligini ta’minlash maqsadida barcha hududlarda harbiy-ma’muriy sektorlar tashkil etildi va ular samarali faoliyat yuritmoqda. Birinchi marta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, viloyat hokimlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘inlar o‘tkazildi.

Sohaga ixtisoslashgan korxonalarni birlashtiradigan Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va soha faxriylarini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugunga qadar harbiy xizmatchilarga 56 ta uy topshirildi. 1 ming 500 dan ortiq harbiylar uy-joy bilan ta’minlandi. Yana 74 ta uy qurilishi davom etmoqda.

Yig‘ilishda mamlakatimiz harbiy qudratini yanada mustahkamlash, mudofaa sanoati va harbiy ta’limni rivojlantirish, qurol-aslaha va harbiy texnikalarni modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali qo‘shinlarni boshqaruv tizimi takomillashtirish masalalari tahlil qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring