Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Rossiyaga boradi

Prezident Rossiyaga boradi

Joriy yilning 20-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Rossiya Federatsiyasi Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri A.Siluanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat rahbarlarining davlat tashriflari, oliy darajadagi boshqa uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosi, shuningdek, ularni belgilangan muddatlarda va to‘laqonli bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan zarur chora-tadbirlar muhokama qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil boshida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilajak tashrifiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator hujjatlar, jumladan, strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, uchrashuv chog‘ida eng muhim sohalar, xususan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatdorlik va ishonch tamoyillariga asoslangan munosabatlarning yuksak darajasi, shuningdek, uni yanada kengaytirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligini qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring