Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh senatorlari bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh senatorlari bilan uchrashdi

Foto: President.uz

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev AQSh Senati raisi o‘rinbosari, moliya bo‘yicha qo‘mitasi raisi Orrin Xetch boshchiligidagi senatorlar bilan muloqot qildi.

Respublikachilar partiyasi a’zosi bo‘lgan Orrin Xetch chuqur bilim va katta tajribaga ega siyosatchi. U 1977-yildan beri senator sifatida hurmat qozongan.

Prezident matbuot xizmatining yozishicha, bu nuroniy inson bilan muloqot samimiy va samarali kechdi. Orrin Xetchning yuksak bilim va tajribasi, kuchli energiyasi Prezidentimizda katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring