Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonning chet eldagi elchisi bo‘lsa-yu, o‘zbek tilini bilmasa, bu xalqimizga xiyonat emasmi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonning chet eldagi elchisi bo‘lsa-yu, o‘zbek tilini bilmasa, bu xalqimizga xiyonat emasmi?

Foto: Prezident Matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda elchilarning o‘zbek tilini puxta bilmasligini keskin tanqid ostiga oldi. Prezident nutqi O‘zAda keltirilgan.

«Lekin, o‘zingiz ayting, elchi degan odam o‘zbek xalqining boy tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatlarini, vatandoshlarining dardu tashvishlarini yaqindan bilmasa, ularni yuragidan o‘tkazmasa, qanday qilib O‘zbekistonni dunyoga tanitishi mumkin? Deylik, Alisher Navoiydan, Boburdan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidovdan ikki qator she’r ayta olmasa, eng yomoni, ona tilimizni mukammal bilmasa, qanday qilib haqiqiy elchi bo‘lishi mumkin?», — dedi davlatimiz rahbari.

Prezident bu borada O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Vasilevich Fenga alohida rahmat aytgan.

«Bu odam shuncha yildan buyon elchilik lavozimida samarali ishlayotgani, Janubiy Koreya bilan iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni jadal rivojlantirayotgani albatta e’tiborga loyiq, lekin uning xalqimizga juda katta hurmat bildirib, o‘zbek tilida ravon gapirishi barcha elchilarimizga o‘rnak bo‘lishi kerak.

O‘zingiz ayting, O‘zbekistonning chet eldagi elchisi bo‘lsa-yu, o‘zbek tilini bilmasa, bu xalqimizga xiyonat emasmi?

Shu nuqtai nazardan qaraganda, biz bu borada hali juda ko‘p ish qilishimiz lozim. Birinchi navbatda milliy diplomatiyamizni buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan boy merosiga asoslangan holda, dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasi, diplomatiya fani va san’atining eng ilg‘or yutuqlari bilan boyitishimiz zarur», — dedi Prezident. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring