Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «Viza berishni oson qildik, sayyohlar o‘zi keladi», deb kabinetdan chiqmasdan o‘tiradigan bo‘lsak, hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi!» (video)

Prezident: «Viza berishni oson qildik, sayyohlar o‘zi keladi», deb kabinetdan chiqmasdan o‘tiradigan bo‘lsak, hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi!» (video)

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Avval xabar berganimizdek, bugun, 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatga xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari tomonidan bu boradagi faoliyati tahlil qilindi, elchilarning hisoboti tinglandi. Davlat rahbari mazkur masala O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari faoliyati ustuvorlik kasb etishi, turizm sohasidagi xalqaro aloqa va hamkorlikni kengashtirish bilan bog‘liq masalalar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.

— Tashqi ishlar vazirligi va elchilarimiz: «Viza berishni oson qildik, xorijiy turistlar o‘zi keladi», deb kabinetdan chiqmasdan o‘tiradigan bo‘lsa, hech qanday jiddiy o‘zgarish bo‘lmaydi! Biz bu masalada mamlakatimizning ziyorat turizmi sohasidagi ulkan imkoniyatlaridan foydalanishimiz zarur. Mana, Malayziya, mana, Indoneziya, mana, Turkiya! Soddalashtirilgan tartib joriy etildi. Misol uchun, 180 millionli musulmon fuqarosiga ega Hindiston mamlakatining din ulamolari respublikamizda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan islohotlarga yuqori qiziqish bildirib, amaliy ko‘mak berishga tayyor ekanlari bizni quvontiradi, — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev. — Hind musulmonlari mamlakatimizga kelib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilsa, axir bu turistlar oqimini va valyuta tushumini ko‘paytirish uchun juda katta rezerv emasmi?! Bu sohaga ertaga iqtisodiyotimizning barqarorlashuvida juda katta asos bo‘ladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: «95 foiz elchimiz O‘zbekistonning na tarixini, na hozirgi ahvolini, na viloyatlarimizning sharoitini bilmas edi» (video)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring