Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Yaponiyadan Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi

Prezident Yaponiyadan Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

Ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlarga boy dastur yakunida salmoqli kelishuvlarga erishildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Tokioda Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sindzo Abe, parlament rahbarlari va hukumat a’zolari, Yaponiya biznesining yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring