Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin konstitutsiyani o‘zgartiradimi? (video)

Putin konstitutsiyani o‘zgartiradimi? (video)

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQShning «NBC» telekanaliga bergan intervyusida o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab mamlakat konstitutsiyasini o‘zgartirmasligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Yeuronews» telekanali.

Unga berilgan savol esa prezident lavozimida ishlash limitining o‘zgartirilishi haqida edi. Intervyu mart oyining boshida bo‘lib o‘tgan. Uning to‘liq versiyasi 9-mart kuni efirga uzatildi.

Jurnalist Megan Kellining Aleksey Navalniyni avf etish va o‘zi uchun munosib raqib sifatida saylovga qaytarish haqidagi savoliga u quyidagicha javob berdi: «Biz hozir aniq siyosiy kuchlar haqida gapirmoqdamiz. Ularda mamlakatni rivojlantirish dasturi yo‘q». Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani rivojlantirish uchun muammolarni ochib tashlashning o‘zi kamlik qiladi, mamlakatga yaratuvchanlik kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring