Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston bosh vaziri Toshkentga keldi

Qirg‘iziston bosh vaziri Toshkentga keldi

Foto:«Uza.uz»

Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov va boshqa qator rasmiy shaxslar kutib oldi.

Toshkentda 1-2-noyabr kunlari o‘tadigan nufuzli anjumanda ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha ShHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring