Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozon shahridagi bosh konsullikda saylovchilar uchun uchrashuv tashkil etildi

Qozon shahridagi bosh konsullikda saylovchilar uchun uchrashuv tashkil etildi

Foto: Qozon shahridagi bosh konsullik

O‘zbekiston Respublikasi muhim siyosiy jarayon qarshisida turibdi — 2019 yil 22 dekabrda Oliy Majlis qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligi uchun saylov bo‘lib o‘tadi.

Shu jumladan xorijda bo‘lib turgan hamyurtlarimiz saylovda ishtirok etishlarini ta’minlash uchun ham bir qator tadbirlar olib borilmoqda. Ilgari faqatgina konsullikda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar saylovda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lar edi. Bundun buyon xorijiy davlatlarda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari diplomatik vakilliklarda tashkil etilgan saylov uchastkalarida o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalanishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi bosh konsulligida tashkil etilgan 52-saylov uchastkasida Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatligi uchun o‘tkaziladigan saylov oldidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda o‘zbek diasporasi vakillari, talabalar va faollar ishtirok etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring