Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp: «Biz Xitoy bilan savdo urushi emas, savdo muzokaralari olib boryapmiz»

Donald Tramp: «Biz Xitoy bilan savdo urushi emas, savdo muzokaralari olib boryapmiz»

Foto:«AP»

Tramp AQSh Xitoy bilan savdo urushi emas, savdo muzokaralarini olib borayotganini aytdi, shuningdek, uningcha, tomonlar har qanday masalaning oqilona yechimini topa olishadi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

«Xitoy bilan bizning tashqi savdo defitsitimiz 500 milliard dollar bo‘lib turgan taqdirda siz savdo urushida mag‘lub bo‘lish haqida o‘ylamaysiz, albatta. Men buni savdo urushi demagan bo‘lardim, negaki, biz aslida savdo muzokaralariga kirishganmiz», — deydi Tramp.

Uning aytishicha, shu paytgacha AQShda hech kim bunday muzokaralarni olib bormagan va Xitoy Amerikadan olgan milliardlab dollarlari tufayli qayta tiklangan. Hozirgi dolzarb masalalarni yechsa bo‘ladi, xitoyliklarning o‘zlariyam buni istashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring