Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saylov kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Saylov kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda

«O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun deputatlar tomonidan  ma’qullandi.

Yangi loyihaga ko‘ra, Saylov kodeksining quyidagi moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan:

- 14, 20, 22, 101 va 102-moddalarida yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlaridan quyi turuvchi saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishni chiqarib tashlash;

- 21-moddada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va o‘n bir – o‘n sakkiz nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuzilishini belgilash;

- 31-moddadan saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish joyi ko‘rsatilishi haqidagi normani chiqarib tashlash;

- 38-moddada saylovlarda siyosiy partiya yoki nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishda fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikatsiya kartasi orqali ham shaxsini tasdiqlashi mumkinligini belgilash;

- 48-moddada saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilishi joyi va vaqti haqida tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkazilishi, bunda, ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab etilmasligini belgilash.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring