Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Abdulla Aripov hayotda tuhmatlarga duch kelgan, ammo sinmagan»

Shavkat Mirziyoyev: «Abdulla Aripov hayotda tuhmatlarga duch kelgan, ammo sinmagan»

Konstitutsiyaning 98-moddasiga ko‘ra bosh vazir nomzodi eng ko‘p o‘rin qo‘lga kiritgan siyosiy partiya tomonidan kiritiladi. Oliy Majlis qonunchilik palatasi uchun o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi 53 ta o‘rin qo‘lga kiritib, g‘alaba qozondi. Partiya tomonidan Abdulla Aripov nomzodi ko‘rsatilgani xabar qilingan edi.

Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Abdulla Aripov nomzodi bosh vazirlikka tavsiya qilindi.

– Abdulla Nigmatovichni 20 yildan buyon yaxshi bilaman, yonma-yon ishlaganmiz. Hayotda tuhmatlarga duch keldi, ammo singani yo‘q. Prezident bo‘lganimdan so‘ng Abdulla Aripovni hukumat tarkibiga qaytarib olib kelganim bejizga emas edi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ayni vaqtda Oliy Majlisning qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma yig‘ilishida Abdulla Aripov o‘zining dasturini taqdim etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring