Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Bizda 27 yilda turizm bo‘lmagan. Davlat yopiq bo‘lgan»

Shavkat Mirziyoyev: «Bizda 27 yilda turizm bo‘lmagan. Davlat yopiq bo‘lgan»

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti mamlakatning turizs salohiyati, sohadagi muammolar, istiqboldagi rejalar xususida ham to‘xtalib o‘tgan.

—Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Umarov (Baxtiyor Umarov nazarda tutilmoqda — «Xabar.uz») tayinlandi. Men bu odamni bir yarim yildan beri ko‘p sohalarda sinab ko‘rdim. Bilimi bor, sadoqati bor, o‘zini qiynab ishlaydi. Turizm biz uchun lokomotiv soha, turizmga hamma rahbar yordam berishi kerak. Bizda 27 yilda turizm bo‘lmagan. Davlat yopiq bo‘lgan. Davlat yopiq bo‘lsa, qanday qilib turist keladi. Juda katta qarorlarga qo‘l qo‘ydik, lekin bugun zamon o‘zgaryapti, talab soat sayin o‘zgaryapti. Shuning uchun ham Umarovning oldiga juda katta masalalarni qo‘ydim. Bosh vazir ham bunga yordam beradi.

Turizm ertaga bizni boqadi. Mehmonxonalar, infratuzilma qilmasak bo‘lmaydi. Samarqandga yangi yo‘l qurmoqchimiz, ko‘p narsa qilmoqchimiz. Lekin bir yilda bo‘lmaydi. 27 yil qotib qolganmiz, hozir ko‘p joylarga e’lon berdik, ammo mehmon kutadigan sharoitimiz yo‘q, mehmonxona yo‘q. Shuni hamma bilishi kerak», — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 28-may kuni Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlangach, uning o‘rniga Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajarib kelayotgan Baxtiyor Umarov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangan edi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring