Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Bunday adolatsiz «tizim»dan endi butunlay voz kechamiz»

Shavkat Mirziyoyev: «Bunday adolatsiz «tizim»dan endi butunlay voz kechamiz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrshuvi chog‘ida sudlanganlik holati o‘sha shaxsning qarindoshlariga ta’sir qilmasligi qomusga muhrlanishini aytgan.

«Nima sababdan bir jinoyat uchun butun avlod javob berishi kerak? Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi lozim? Bunday adolatsiz «tizim»dan endi butunlay voz kechamiz. Chunki xalqimizga nisbatan sobiq tuzum davrida, ayniqsa, o‘tgan asrning 30-yillaridagi siyosiy qatag‘onlarning o‘zi yetarli emasmi?!», degan davlat rahbari.

Uning aytishicha, Konstitutsiyaga «Shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklashga asos bo‘lishi mumkin emas», deb qat’iy yozib qo‘yilishi kerak.

«Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi shart», degan norma ham Asosiy qonunimizda o‘z aksini topishi zarur», degan prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring