Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida birodar davlatlar rahbarlari mintaqamizga kirib kelgan yangilanish va yasharish bayrami – Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, ezgu tilaklar bildirdi.

Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda sheriklikni, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, madaniyat va ta’lim sohalarida kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar.

Erishilgan kelishuvlar, shu jumladan mamlakatlarimiz poytaxtlari o‘rtasida qabul qilingan «yo‘l xaritasi»ni amalga oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida o‘zaro manfaatli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha qo‘shma fond tashkil etishni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va mintaqada pandemiya oqibatlariga qarshi samarali kurashish maqsadida o‘zaro hamkorlik va yaqindan muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar mamlakatlarimizda ko‘rilayotgan birinchi navbatdagi preventiv choralar va epidemiologik vaziyatni nazorat qilish tadbirlarini to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

Koronavirusga qarshi kurashishda faol hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikka oid va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring