Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Hindistonda Gandining tug‘ilgan kunini nishonlaydi

Shavkat Mirziyoyev Hindistonda Gandining tug‘ilgan kunini nishonlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil oktyabr oyida Hindistonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

16 avgust kuni Xalqaro biznes markazining "Navoiy" anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov hamda Hindiston Savdo va ishlab chiqarish vaziri Suresh Prabxu boshchiligidagi savdo-iqtisodiy, fan-texnologiya sohasida o‘zbek-hind hukumatlararo komissiyasining 11-majlisida bu haqda so‘z yuritilgan.

Suresh Prabxu Hindistonga qaytgach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlikni boshlab yuborishini ta’kidlagan. Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi hind milliy qahramoni Mahatma Gandining tug‘ilgan kuni sharafiga tashkil etiladigan marosimlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mohandas Karamchand Gandi Hindiston milliy qahramoni bo‘lib, u inglizlar istilosi paytida xalqi ozodligi uchun kurashgan. Gandi tug‘ilgan kun 2 oktyabr har yili milliy bayram sifatida keng nishonlanadi.

Ayni paytda O‘zbekiston hududida hind kapitali ishtirokida 139 ta korxona ishlamoqda. Shundan 59 tasi qo‘shma korxonadir. O‘zbek-hind hukumatlararo komissiyasining 11-majlisi yakunida bayonnoma imzolangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring