Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Men hokimdan roziman»

Shavkat Mirziyoyev: «Men hokimdan roziman»

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

«Xabar.uz» portali muxbirining ma’lum qilganidek, ayni paytda Ulug‘nor tumanida viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov haqida iliq so‘zlarni aytib o‘tdi.

«Bugun Andijon viloyati hokimi bilan ko‘p gaplashdim. Menga bir narsa ma’qul bu hokimda, sizlar shuni bilingki, men masala qo‘ygan odamni juda hurmat qilaman. Masala qo‘yishni bilgan odam 50 foiz muvaffaqiyatga erishadi degani», dedi Prezident.

«Fursatdan foydalanib aytib o‘tmoqchiman, men hokimdan roziman. Shuhrat Qo‘shaqboyevich o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni qo‘lidan kelganicha bajarishda O‘zbekiston hokimlari orasida oldingi qatordagilardan biri desam, adashmagan bo‘laman. Bu ham Andijon xalqining baxti. Men viloyatdagi ishlarni ko‘rib, hokimning kuyganini ko‘rib, aytyapman. Bugun kun davomida ellikta masala qo‘ydi, har birining ostida kamida 5 milliardlik sarmoya yotibdi. Shuhrat Qo‘shaqboyevich mana shunday faol safdoshimiz, men eng ishongan hokimlardan biri. Men buni yuragimdan aytmoqdaman», qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring