Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Narendra Modiga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Narendra Modiga tabrik yo‘lladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modini ushbu mamlakat mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabrikladi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qutlovlarda, jumladan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Hindiston strategik sherikligi barcha ustuvor sohalarda izchil kengayib borayotgani qayd etilib, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hamkorligimiz kelgusida ham do‘st xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida taraqqiy etib borishiga ishonch bildirilgan.

Davlatimiz rahbari Hindiston xalqiga tinchlik, ravnaq va farovonlik tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring