Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimida ishdan olinganlar haqida ma’lumot berdi

Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimida ishdan olinganlar haqida ma’lumot berdi

Foto: «President.uz»

Kecha, 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani va unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qilgani haqida xabar bergan edik.

— Yana bir bor takrorlab aytaman: har bir komandir va qo‘mondon o‘z harbiy qismi va okrugining sharoitidan, mavjud jangovar vaziyatdan kelib chiqqan holda, tezkorlik bilan har tomonlama asoslangan, mustaqil qaror qabul qilishga qodir bo‘lishi shart, — dedi Prezident o‘z ma’ruzasida.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirining tavsiyasiga binoan, vazirning ikkita o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbari va Chirchiq harbiy bilim yurti boshlig‘ini lavozimidan ozod qilganini ma’lum qilib, hozirgacha harbiy okrug qo‘shin qo‘mondoni vazifasini vaqtincha bajarib kelayotganlardan biri bu lavozimga tasdiqlanmaganini ta’kidladi.

— Ayni paytda, qo‘yilgan talablarga javob bermayotgan va qo‘shinlar bilan faol ishlashdan o‘zini chetga olgan 40 nafarga yaqin harbiy xizmatchi mudofaa vaziri tomonidan ishdan bo‘shatilgani, 36 nafarining lavozimi pasaytirilgani nimadan dalolat beradi? Bu birinchi navbatda, sohada harbiy kadrlar faoliyatini aniq baholashning reyting tizimi mavjud emasligini, oqibatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlari qoniqarsiz ekanini ko‘rsatadi. Mana shu va boshqa mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda barcha ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etish, harbiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida men Bosh shtab boshlig‘i hamda barcha harbiy okrug qo‘mondonlarini yangitdan tayinladim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring