Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Parijga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Parijga yetib bordi

Foto: «Uza.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Parijga yo‘l olgani haqida ma’lum qilgan edik.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Orli» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Fransiya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Foto: president.uz

Bugun davlatimiz rahbari BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma Harakatlar rejasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Senati raisi bilan va Fransiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring