Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 15-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat avvalida har ikki davlat rahbari mamlakatlar o‘rtadagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birini qutladi.

O‘tgan davr ichida ikki qardosh xalq o‘rtasida do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zbek-qirg‘iz hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgani qayd etildi.

2017-yilda yuqori darajadagi tashriflar tashkil etilib, o‘zbek-qirg‘iz chegaralari shartnomasi va boshqa bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlari o‘zaro tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kun tartibining boshqa masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Suhbat yakunida Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov ikki mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lida do‘stlik, qo‘shnichilik va strategik hamkorlikni yana mustahkamlash davom ettirilishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring