Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning yangi prezidentini lavozimga kirishgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning yangi prezidentini lavozimga kirishgani bilan tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qosim-Jomart Tokayevni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgani munosabati bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari lavozimidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilingan o‘tgan yilda tovar ayirboshlashning rekord ko‘rsatkichlariga erishildi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi kooperatsiya loyihalari amalga oshirildi, ikki mamlakat biznesi va hududlari darajasidagi muloqot, jumladan, madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi.

Joriy yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Qozog‘iston yili doirasida tadbirlarga boy qo‘shma reja qabul qilindi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev samimiy tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi va oliy darajadagi faol muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari bahor ayyomi – Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonch ruhidagi munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi, butun mintaqa tinchligi va ravnaqi yo‘lida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish borasida intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladilar.

Bugun 20-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajarib turuvchi Qosim-Jomart Tokayev Qozog‘iston xalqiga sodiq bo‘lishga qasamyod qilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring