Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev raqamli radiostansiya texnikalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev raqamli radiostansiya texnikalari bilan tanishdi

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ishlab chiqarila boshlangan raqamli radiostansiya texnikalari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu zamonaviy mahsulotlar davlat rahbarining qaroriga asosan «O‘zelektoapparat» zavodida ishlab chiqarilmoqda.

Xitoyning «Hytera» kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha samarasida 8 turdagi apparatlar tayyorlanmoqda. Ilg‘or texnologiyalarga asoslangan bunday texnikalar shu paytgacha yurtimizda ishlab chiqarilmas edi. Raqamli radiostansiya vositalari import o‘rnini bosishi, axborot xavfsizligini ta’minlashi bilan ulkan ahamiyatga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring