Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Turkiston — Amerika uyushmasi prezidentini orden bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiston — Amerika uyushmasi prezidentini orden bilan taqdirladi

2018-yilning 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchisi Javlon Vahobov Turkiston — Amerika uyushmasi prezidenti Abdulla Xo‘jaga davlatimizning «Do‘stlik» ordenini tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11-dekabr kuni Abdulla Xo‘jani milliy qadriyatlarimiz hamda an’analarimizni avaylash, AQShdagi vatandoshlarimizni jipslashtirish, O‘zbekiston va Amerika xalqdari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi fidokorona xizmatlari uchun «Do‘stlik»  ordeni bilan taqdirlashga oid Farmonni imzolagan edi.

Abdulla Xo‘ja O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgan kunni Amerikadagi vatandoshlarimizning uzoq yillik orzusi ushalgan sana sifatida qabul qilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. U xorijdagi vatandoshlar bilan olib borilayotgan faol muloqot, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, og‘irini yengillashtirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlar uchun O‘zbekiston rahbariga chuqur va samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Nyu-Jersi shtatining Dover shahrida Turkiston — Amerika uyushmasi tashkil etilganligiga 60 yil to‘lishi munosabati bilan 250 ga yaqin vatandoshlarimiz ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda nutq so‘zlagan elchi Javlon Vahobov ushbu uyushma prezidenti davlatimizning yuksak mukofoti — «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlanganligi vatandoshlarimizga qaratilayotgan e’tiborning yaqqol isboti ekanligini ta’kidladi va «O‘zbekistonni jonajon Vatani deb bilgan, yurtini dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatorida ko‘rish, bundan keyin ham jahondagi nufuzi va obro‘si yanada yuksalishiga xayrixoh bo‘lgan vatandoshlar bilan hamkorlik qilish» O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolishini qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring