Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev imperator Akixitoga maktub yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev imperator Akixitoga maktub yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yaponiya Imperatori Akixitoga maktub yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Imperator Akixitoning «Xeysey» deb nom olgan hukmronlik davri butun dunyoda ulkan muvaffaqiyatlar – Yaponiya mustahkam tinchlik va har tomonlama taraqqiyotga erishgan, iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlar qatoriga kirgan, global jarayonlardagi nufuzi va roli salmoqli darajada yuksalgan davr bo‘lganini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Imperatoriga O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, hurmat va ishonch asosida o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratgan shaxsiy e’tibori va ko‘magi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Bugun 30-aprel kuni imperator o‘z xohishi bilan taxtdan voz kechib, uni o‘g‘li valiahd shahzoda Naruxitoga bermoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring