Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiyadagi terakt yuzasidan hamdarlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiyadagi terakt yuzasidan hamdarlik bildirdi

Foto:«Insider»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni Kraystcherchdagi ikkita masjiddagi terakt natijasida qurbonlar soni 49 nafarga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring