Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sodiq Safoyev: «Davlat hokimiyati faoliyati jamoatchilik nazoratida bo‘lishi kerak...»

Sodiq Safoyev: «Davlat hokimiyati faoliyati jamoatchilik nazoratida bo‘lishi kerak...»

Foto:«Xabar.uz»

Bugun «Hilton» anjumanlar markazida Oliy Majlis Senati, «Yuksalish» umummilliy harakati hamda Konrad Adenauer fondi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi.

Tadbir O‘zbekistonda davlat qurilishining yangi bosqichi, demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimiyat vakillik organlaring rolini oshirish masalalariga bag‘ishlangan.

Unda nutq so‘zlagan Oliy Majlis Senati Raisi o‘ribosari Sodiq Safoyev davlat hokimiyati aholi oldida javobgarligi masalasiga e’tibor qaratdi. 

«Davlat hokimiyati aholi oldida javobgardir va uning faoliyati shaffofligi jamoatchilik nazoratida bo‘lishi lozim. Bunda hududlardagi xalq deputatlari Kengashlarining faolligini oshirish orqali erishish mumkin. Shuning uchun ham qonunlarda xalq manfaatlarini to‘laqonli ifoda etishga erishishimiz kerak. Senatdagi har bir qo‘mita huzurida ekspertlar kengashining tashkil etilishi ham parlamentning analitik salohiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi» -deydi Senat raisi o‘rinbosari. 

Shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan Oliy Majlis o‘rtasida samarali hamkorlik qilish uchun vakillik organlari deputatlari va «Yuksalish» umummilliy harakatining hududiy bo‘linmalari xodimlari va ekspertlaridan iborat doimiy faoliyat olib boruvchi monitoring guruhi tuzilishi belgilandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring