Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on, Putin va Ruhoniy 4-aprel kuni Istanbulda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishadi

Erdo‘g‘on, Putin va Ruhoniy 4-aprel kuni Istanbulda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishadi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Vladimir Putin, Hasan Ruhoniy.

Foto: «Report.az»

Suriyadagi vaziyat bo‘yicha Rossiya, Turkiya, Eron o‘rtasidagi uch tomonlama sammit 4-aprel kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 12-mart kuni Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS «Haberturk» telekanaliga asoslanib.

«Rossiya-Turkiya hamkorlik kengashining oliy darajadagi uchrashuvi 3-aprel kuni o‘tkaziladi, unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham qatnashadi. 4-aprelda esa Suriya masalasi bo‘yicha Rossiya —Turkiya — Eron sammiti bo‘lib o‘tadi», — dedi Bo‘zdog‘.

2017-yil 22-noyabr kuni Sochi shahrida Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin, Hasan Ruhoniy va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda Suriyada terrorizmga qarshi birgalikda kurashda muvaffaqiyatga erishilganligi va mamlakatda yuzaga kelgan inqirozni bartaraf etishda sifat jihatidan yangi bosqich boshlangani ma’lum qilingan edi.

Ushbu jarayondagi keyingi muhim qadam 30-yanvarda Sochida bo‘lib o‘tgan Suriya milliy muloqoti kongressi bo‘lgan edi. Kongressda Suriyadagi barcha ijtimoiy qatlamlarning 1,5 mingdan ortiq vakili qatnashgan edi. Kongress qatnashchilari konstitutsion kengash hamda konstitutsion komissiya tuzish haqida kelishib olgan edilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring