Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva Koreya Respublikasi prezidenti bilan uchrashdi

Tanzila Norboyeva Koreya Respublikasi prezidenti bilan uchrashdi

Foto:«Senat.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi. 

«Koreya Respublikasi prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar barcha yo‘nalishlarda faol rivojlanayotganligini qayd etdi. Davlat rahbarlari o‘rtasidagi yaqin va ishonchli aloqalar O‘zbekiston-Koreya munosabatlari alohida strategik sheriklikning yangi pog‘onasiga ko‘tarilishiga zamin yaratdi» deyiladi xabarda.

Foto:«Senat.uz»

Uchrashuvda Mun Chje In tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar haqida va O‘zbekistonda ularni amalga oshirish uchun monitoring guruhi tashkil etilganini ta’kidlab, bu borada yuzaga keladigan barcha masalalarni shaxsan o‘zi hal etishga tayyor ekanini bildirgan.

O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari tinch-totuv yashayotganligini ta’kidlar ekan, Koreya yetakchisi O‘zbekistonda koreys millati vakillariga ko‘rsatilayotgan iliq munosabat uchun O‘zbekiston xalqiga yana bir bor o‘z tashakkurini izhor qildi.

Uchrashuv yakunida Mun Chje In o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga umid bildirgan va Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasiga tashrif buyurishini taklif qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring