Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikiston Bosh vaziri yana O‘zbekistonga kelmoqda

Tojikiston Bosh vaziri yana O‘zbekistonga kelmoqda

Ertaga, 16-iyul kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Ikki mamlakat vazirliklari va idoralari, yetakchi iqtisodiy tuzilmalari rahbarlari o‘rin olgan delegatsiyalarga boshchilik qilayotgan hukumat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, avvalo oliy darajada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 24-fevral kuni ham Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona shahriga kelgan edi.

10-mart kuni esa Tojikistonga safari chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida Qohir Rasulzodani qabul qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring