Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tomas Shennon: «Prezident Tramp Shavkat Mirziyoyevni juda hurmat qiladi»

Tomas Shennon: «Prezident Tramp Shavkat Mirziyoyevni juda hurmat qiladi»

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 26-mart kuni AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

— Prezident Tramp O‘zbekiston Prezidentini juda hurmat qiladi. Ular ilk bor Ar-Riyodda uchrashishdi. Keyin yana bir necha uchrashuvlar bo‘ldi. Har doim barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro anglashuv bo‘lgan, — Tomas Shennon. — Yaxshi qo‘shnichilik siyosati juda muhim qadam. Buning uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevning jasorati va qat’iyatiga tan berish kerak. Bu Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan konferensiyani tashkil etishda ham namoyon bo‘ldi. Judayam muhim, aytish mumkinki, inqilobiy bunday qadamlar ko‘plab qiyin masalalarni hal etish va munosabatlarni yaxshilashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzucida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring