Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp saylovoldi kampaniyasida Rossiya bilan kelishuv bo‘lmaganini ta’kidladi

Tramp saylovoldi kampaniyasida Rossiya bilan kelishuv bo‘lmaganini ta’kidladi

Foto:«Interfax.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba, 19-aprel kuni e’lon qilingan FQB sobiq rahbari Jeyms Komining yozishmalari Tramp saylovoldi shtabi va Rossiya hukumati o‘rtasida hech qanday kelishuv bo‘lmaganini tasdiqlashini ma’lum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

«Hozirgina Jeyms Komining hujjatlari e’lon qilindi va ular hech qanday til biriktirish va qarshiliklar bo‘lmaganining yaqqol isbotidir. Bundan tashqari u maxfiy axborotni ham oshkor etdi. Tirnoq ostidan kir qidirish davom etadimi?», — deb yozgan Oq uy rahbari o‘zining «Twitter»dagi sahifasida.

19-aprel kuni AQSh adliya vazirligi Kongressning  vakillar palatasi razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasiga FQB hujjatlarining tahrir qilinmagan versiyasini taqdim etishga rozi bo‘ldi. Ayni damda FQB, Kongressning ikkala palatasining ham razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitalari, shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan tayinlangan maxsus prokuror Robert Myuller apparati bu boradagi tekshiruvlarni davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring