Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning maslahatchisi Rossiya bilan yarashish shartini ma’lum qildi

Trampning maslahatchisi Rossiya bilan yarashish shartini ma’lum qildi

Foto:«India.com»

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov bilan uchrashdi. Bu haqda Oq uy tarqatgan xabarga asoslanib, «RIA Novosti» yozmoqda.

«Ilk uchrashuvida ular AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilishdi. Bolton yaxshi munosabatlar AQSh uchun ham, Rossiya uchun ham muhim ekanini e’tirof etdi», — deyiladi Oq uy xabarida.

Biroq, Boltonning so‘zlariga ko‘ra, munosabatlar yaxshilanishi ularni bezovta qilayotgan mavzularni muhokama qilishni talab etadi. Bunday mavzularga Rossiyaning 2016-yildagi AQSh prezidenti sayloviga «aralashuvi», Buyuk Britaniyada kimyoviy qurolning qo‘llanishi va Ukraina hamda Suriyadagi ahvolni kiritish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring