Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«U nega bu yerda?» — «Adolat» SDP saylov yakunlari bo‘yicha bayonot berdi

«U nega bu yerda?» — «Adolat» SDP saylov yakunlari bo‘yicha bayonot berdi

«Adolat» SDP Oliy majlis qonunchilik palatasi uchun o‘tkazilgan saylov natijalari haqida bayonot berib o‘tdi.

«To‘rda o‘tirganingda, «U nega bu yerda?», deb aslida pastdan joy egallashing kutiladigan holatga tushma, balki poygakdan qo‘nim topganingda «Nega bu yerda o‘tiribsiz?», deya ajablanib, aslida davra to‘rini senga munosib deb o‘ylanadigan darajada bo‘l», degan naql bor.

Xalqimiz, jurnalistlar tomonidan «Nega «Adolat» yuqoriroq o‘rinni olmadi?» deya berilayotgan savollar og‘riqli bo‘lsa-da, ayni vaqtda kayfiyatimizni ko‘tarmoqda. Hali hammasi oldinda...

Parlamentda nechta o‘rin olishimizga qaramay saylovoldi berilgan va’dalarni bajarish, xalqimiz muammolarini bartaraf etish uchun kurashamiz.

Kimlar uchundir jang tugagandir, ammo «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi uchun hammasi endi boshlanmoqda...

Xalqimizning Adolatga bo‘lgan ishonchi, e’tirofini oqlash uchun barcha sa’yi-harakatlarni amalga oshiramiz.

Saylovoldi tashviqotda biz bilan birga bo‘lgan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlariga, blogerlarga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz!

Adolat yo‘lidagi hamkorligimiz bardavom bo‘lishidan umidvormiz», — deyiladi «Adolat» SDP matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, saylov natijalariga ko‘ra «Adolat» SDP qonunchilik palatasida 21 ta o‘ringa ega bo‘lib, uchinchi pog‘onada qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring