Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy O‘zbekistonga $37,5 mln. beg‘araz yordam beradi

Xitoy O‘zbekistonga $37,5 mln. beg‘araz yordam beradi

Xitoy hukumati O‘zbekistonda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 250 mln. yuan (37,5 mln. dollar) miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatadi.

Kecha, 24 may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov va Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan tomonidan O‘zbekiston va Xitoy hukumati o‘rtasida Texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan.

Ushbu bitim yuqoridagi beg‘araz yordamni ko‘rsatishni nazarda tutadi. Bugungi kungacha ikki mamlakat o‘rtasidagi texnik-iqtisodiy hamkorlik doirasida sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq va suv xo‘jaligi, madaniyat, transport va boshqa sohalarda loyihalar amalga oshirilgani aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring