Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zoyir Mirzayev o‘rniga vaqtincha rahbar tayinlandi

Zoyir Mirzayev o‘rniga vaqtincha rahbar tayinlandi

Oqqo‘rg‘on voqeasi tufayli ishdan ketgan Zoyir Mirzayev o‘rniga O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodov Bosh vazir o‘rinbosari etib vaqtincha tayinlandi. Bu haqda Turon24 manbasi xabar berdi.

31-oktabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi yig‘ilishda prezidentning bu haqdagi farmoni e’lon qilingan.

Endilikda Bosh prokuror Otabek Murodov O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida Bosh prokuror vazifasini ham bajaradi.

29-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayevni g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois ishdan olgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring