Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilning eng yaxshi yengil atletikachilari

2018-yilning eng yaxshi yengil atletikachilari

Foto: IAAF

Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasi (IAAF) uch hatlab sakrash bo‘yicha Olimpiya chempioni, kolumbiyalik Katrin Ibarguen va keniyalik marafonchi Eliud Kipchogeni 2018-yilning eng yaxshi yengil atletikachilari deya e’tirof etdi.

Katrin Ibarguen 2018-yili «Brilliant liga» final bosqichida g‘olib chiqqan. Kipchoge esa Berlin marafonida rekord bilan g‘alaba qozonishdan tashqari, London marafonida ham marraga birinchi bo‘lib yetib kelgandi.

Ayollar o‘rtasida «eng yaxshi yengil atletikachi»likka Dina Esher-Smit (yugurish, Buyuk Britaniya), Beatris Chepkoyech (yugurish, Keniya), Shona Miller-Uybo (yugurish, Bagam orollari) va Nafissatu Tiam (yettikurash, Belgiya) da’vogarlik qilgandi.

Erkaklar orasida da’vogarlar ro‘yxati: Kristian Koulmen (yugurish, AQSh), Arman Dyuplantis (langarcho‘pga tayanib sakrash, Shvetsiya), Kevin Mayer (ko‘pkurash, Fransiya), Abdurahmon  Samba (to‘siqlarni hatlab yugurish, Qatar).

«Porlab kelayotgan yulduz» nominatsiyasi amerikalik 19 yoshli Sidni Maklaflinga topshirildi. U 2018-yili 400 metrga to‘siqlarni hatlab yugurishda yoshlar o‘rtasidagi rekordni yangiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring