Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

97-daqiqada urilgan gol evaziga Keniya mag‘lub etildi

97-daqiqada urilgan gol evaziga Keniya mag‘lub etildi

Foto: «The-uff.uz»

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi keniyalik tengqurlariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi.

Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida kechgan uchrashuvda vakillarimiz uzoq vaqt raqib darvozasini ishg‘ol qila olishmadi. Hakam o‘yindagi to‘xtalishlar uchun asosiy vaqtga 7-daqiqa qo‘shib berdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada Doston Tursunov boshi bilan aniq zarba yo‘llab, uchrashuvda hisobni ochdi va O‘zbekiston OTJ g‘alabasini ta’minladi.

O‘zbekiston OTJ – Keniya OTJ 1:0

Gol: D.Tursunov (90+7)

O‘zbekiston OTJ: 21.Rahimjon Davronov, 2. Islom Qobilov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Abbos Otaxonov, 6. Azizjon G‘aniyev, 20. Doston Tursunov, 13. Aziz Turg‘unboyev, 23.Nurillo To‘xtasinov, 17.Abdujamol Isroilov, 9. Zabihillo O‘rinboyev, 10.Bobur Abdixoliqov.

Keniya OTJ: 18.Ojvang Timoti Odxiambo, 14.Mayk Evans Kibvage, 12.Omvenga Timti Balton, 3.Okumu Yozef Stenli, 2.Amai Atariza, 8.Yida Sven, 19.Ibrohim Shambi Ramazoni, 16.Odnenyi Jafari Ovitti, 7.Kasuti Kliff Koroboi, 15.Oginga Berard Ochiyeng, 9.Mutamba Pistone Vunyoli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring