Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya chempionati futbolchisi qamalishi mumkin

Angliya chempionati futbolchisi qamalishi mumkin

Ben Devis

Foto: fulhamfc.com

«Fulxem» yoshlar jamoasi futbolchisi Ben Devis qamalishi mumkin, deb yozmoqda «Segodnya». Chunki Devis Singapurdagi armiyaga chaqiruv qoidalarini buzgan.

Ben Devis — Singapur fuqarosi, o‘tgan yilning 24-noyabr kuni u 18 yoshga to‘ldi. «BBC Sports» xabariga ko‘ra, o‘tgan yili harbiy xizmatga chaqiriluv muddatini cho‘zdirishni so‘ragan Devis rad javobini olgan.

Singapur mudofaa vazirligi vakilining aytishicha, Devis mamlakatdan chiqish qoidalarini buzganlikda ham ayblanyapti. Ushbu mamlakatda armiyaga chaqiriluvni faqat xalqaro musobaqalarda qatnashayotgan va medallarni qo‘lga kiritish imkoniga ega sportchilar cho‘zdirishlari mumkin.

«Fulxem» safiga 2017-yilda kelib qo‘shilgan Devis yoshlar jamoasida 10 marotaba maydonga tushgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring