Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Anoeta qarg‘ishi» tugatildi. «Barselona» 11 yillik qora an’anasini yo‘qqa chiqardi

«Anoeta qarg‘ishi» tugatildi. «Barselona» 11 yillik qora an’anasini yo‘qqa chiqardi

Foto: «LaLiga»

Ispaniya La Ligasining 19-turida «Barselona» safarda «Real Sosedad» ustidan irodali g‘alaba qozondi.

Kataloniya klubi so‘nggi 11 yildan (2006/07 yilgi mavsumdan) beri La Liga doirasida «Anoeta» stadionida g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan edi. «Real Sosedad» qanday holatda bo‘lmasin, kataloniyaliklar uchun noqulay raqib bo‘lib kelgan.

Bu safar ham uchrashuvning dastlabki yarim soatida an’ana davom etadigandek ko‘rindi. Maydon egalari kuchli o‘yin ko‘rsatib, chempionat peshqadami darvozasiga ketma-ket ikki bor gol kiritdi. Ammo biroz o‘tib, Poulino hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi taymda Valverde shogirdlari ajoyib sermahsullik ko‘rsatdi va Suaresning ikki goli va Messining jarimadan kiritgan super goli evaziga chempionatdagi peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi.

«Real Sosedad» – «Barselona» – 2:4

Gollar: 1:0 – 11 Villian Joze, 2:0 – 34 Xuanmi, 2:1 – 39 Paulino, 2:2 – 50 Suares, 2:3 – 71 Suares, 2:4 – 85 Messi.

Bu o‘yindan avvalroq APLning navbatdagi turida «Manchester Siti» mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib olgach, kuchli beshlik chempionatida mag‘lubiyatga uchramagan faqat «Barselona» qolganini aytib o‘tgandik. Kataloniyaliklar bu boradagi zafarli yurishini ham davom ettirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring