Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh terma jamoasining erkak va ayol futbolchilari maoshlari tenglashtirildi

AQSh terma jamoasining erkak va ayol futbolchilari maoshlari tenglashtirildi

Foto: «AP Images»

Futbol bo‘yicha AQSh ayollar terma jamoasi a’zolari erkaklar terma jamoasi a’zolari bilan bir xil mukofot pullari oladigan bo‘lishdi.

Jahon futbolida «maoshlarning tenglashishi» birinchi marta yuz bermoqda.

So‘nggi yillarda amerikalik sportchi ayollar maydondan tashqarida ham faol kurash olib borishdi. Erkaklar bilan bir xil maoshga loyiqmiz, muxlislarimiz yetarli, natijalarimiz hatto yuqoriroq, deyishdi.

Bugun, 18-may kuni AQSh futbol federatsiyasi yangi hujjatni imzoladi. Unda xalqaro turnirlarda, jumladan, jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlarida erkaklar va ayollar uchun bir xil mukofot puli berilishi mustahkamlab qo‘yildi. Bundan buyon mukofot uchun ajratiladigan pullar o‘rtada teng bo‘linadi.

Chetdan qaralganda, maoshlardagi tafovut yaqqolroq ko‘rinadi, masalan, 2018-yili Rossiyadagi futbol bo‘yicha jahon chempionatida g‘oliblikka erishgan Fransiya erkaklar terma jamoasiga 38 million dollar mukofot puli berilgan. Keyingi yili jahon chempioni bo‘lgan AQSh ayollar terma jamoasiga esa 4 million dollar tekkan, o‘rtadagi farq — 9,5 baravar!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring