Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018 anonsi: autsayderlar favoritlarga qarshi. Sensatsiyalar bo‘ladimi?

JCh-2018 anonsi: autsayderlar favoritlarga qarshi. Sensatsiyalar bo‘ladimi?

Foto: «myKhel»

Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining 1-tur uchrashuvlari davom etadi. Bugun, 18-iyun kuni Ye guruhidagi ikkinchi o‘yin va G guruhida ikkita uchrashuv o‘tkaziladi.

Osiyoning yana bir vakili, O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘rin talashgan Janubiy Koreya Yevropaning nomdor jamoasi Shvetsiyaga qarshi maydonga tushadi. Aslida har ikki termaning ham imkoniyatini bir xil baholash mumkin.

Shvetsiya – Janubiy Koreya. Soat 17:00

Shuningdek, bugun G guruhida o‘yinlarga start beriladi. Guruhning favoritlari hisoblanayotgan Angliya va Belgiya ikki autsayder hisoblanayotgan Panama va Tunisga qarshi o‘ynaydilar. Aslida hozirgi futbolda favorit va autsayder tushunchalari asta-sekin yo‘qolib borayotganini Germaniya va Braziliya o‘yinlari isbotlab berdi.

Belgiya – Panama. Soat 20:00.

Tunis – Angliya. Soat 23:00.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring