Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollar boksidagi «Tayson»: jang yetti soniyada nokaut bilan tugadi (video)

Ayollar boksidagi «Tayson»: jang yetti soniyada nokaut bilan tugadi (video)

Senesa Estrada.

Foto: «Meta-ratings»

Professional boksning WBA yo‘nalishida vaqtincha jahon chempioni — amerikalik Senesa Estrada o‘z vatandoshi Miranda Edkinsni nokautga uchratdi. Kaliforniya shtatining Indio shahridagi «Fantasy Springs Resort Casino» arenasida o‘tkazilgan jang yetti soniya davom etdi.

«Yahoo Sports» ma’lumotiga ko‘ra, bu eng tezkor nokautlardan biri sifatida boks tarixiga kirdi. Estrada yetti soniyada yo‘llagan yettita aniq zarbaning to‘rttasi raqibasining bosh qismiga tekkan.

Ma’lumot uchun: Professonal boksda umuman mag‘lubiyatga uchramagan Senesa Estrada 19-g‘alabasini nishonladi. Havaskorlar darajasida esa 101 ta bellashuvning 97 tasini o‘z foydasiga hal etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring