Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollar futbolida yulduzlarning maoshi qancha?

Ayollar futbolida yulduzlarning maoshi qancha?

Foto: Man-man.nl

Niderlandiyalik 29 yoshli yarimhimoyachi Like Martens, yangi shartnomaga muvofiq, «PSJ» (Fransiya)da yiliga 500 ming yevro maosh oladi. Bu ayollar futbolidagi eng yuqori maoshlardan biri.

Martens Parij klubiga Ispaniyaning «Barselona»sidan o‘tdi. Katalon klubi unga yiliga 250 ming yevro maosh to‘lagan.

Fransuz jamoasi erkaklar qatorida ayollardan ham pulini ayamayotgani olqishli hol. Parij — modalar poytaxtida niderland futbolchisi yarim millionlik ish haqidan tashqari, homiylardan ham daromad oladi. FHM jurnali Like Martensni  2021-yili Niderlandiyadagi eng chiroyli sportchi, deya e’tirof etgandi.

Like Martens «Barselona» sharafini besh yil himoya qilgan, ko‘plab sovrinlar yutgan, bular orasida Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi kubogi ham bor.

Niderlandiya terma jamoasi bilan esa Like Martens 2017-yilda Yevropa chempioni bo‘lgan, 2019-yilgi jahon chempionatida esa finalga qadar borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring