Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» 2014-yildan buyon ilk bor Ispaniya Kubogi finalida yutqazdi (video)

«Barselona» 2014-yildan buyon ilk bor Ispaniya Kubogi finalida yutqazdi (video)

Foto: «Tvitter»

25-may kuni Ispaniya Kubogining final uchrashuvi o‘tkazildi. Sevilyadagi «Benito Vilyamarin» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Kataloniyaning «Barselona» klubi «Valensiya» bilan kurash olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida qarshi hujumdan unumli foydalangan «ko‘rshapalaklar» Kevin Gameyro va Rodrigoning gollari hisobiga oldinga o‘tib oldi.

Ernesto Valverde ikkinchi taym boshidanoq ikki futbolchisini almashtirdi. Bu kataloniyaliklar o‘yiniga ta’sir qildi va jamoa ketma-ket hujumlar uyushtirdi. Ammo bir nechta vaziyatda ularga omad kulib boqmadi. Faqatgina uchrashuvning 73-daqiqasida Lionel Messi hisobni qisqartirishga erishdi. Bu argentinalik futbolchining Ispaniya Kubogidagi ketma-ket oltinchi finaldagi goli bo‘ldi va u o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

Bu rekord Messini xursand qilmagani aniq, chunki qolgan daqiqalarda uning jamoasi gol ura olmadi va mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa «Barselona» 2014-yildan buyon ilk bor Ispaniya Kubogi finalini boy berdi.

«Valensiya» murabbiyi Marselino esa murabbiylik faoliyatidagi birinchi sovrinini yutdi va ilk «Barselona»ni mag‘lub etdi.

Ispaniya Kubogi. Final

«Barselona»—«Valensiya» 1:2

Gollar: 0:1 — 21 Gameyro, 0:2 — 33 Rodrigo, 1:2 — 73 Messi

«Barselona»: Sillessen, Langle, Pike, Alba, Serji Roberto, Koutino, Buskets, Artur (Vidal, 46), Rakitich (Alenya, 76), Nelson Semedu (Malkom, 46), Messi

«Valensiya»: Domenek, Gabriel, Garay, Gayya, Soler, Vass, Koklen, Parexo (Kondogbia, 65), Gedesh, Rodrigo (Diakabi, 88), Gameyro (Pichchini, 72)

Ogohlantirishlar: Gayya (53), Buskets (61), Kondogbia (70), Vidal (89)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring