Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisini olib kelmoqchi

«Barselona» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisini olib kelmoqchi

Foto: «Etcetera.media»

«Barselona» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Rashfordga qiziqish bildiryapti.

Markus Rashford 21 yoshda bo‘lib, uning «MYu» bilan shartnomasi 2020-yilning 30-iyunigacha tuzilgan. «Qizil iblislar» vitse-rezidenti Ed Vudvord jamoa yangi bosh murabbiy borasida aniq to‘xtamga kelib olganidan so‘nggina Rashford bilan hamkorlikni uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaydi degandi. Bu haqda «Mundo Deportivo» yozmoqda.

«Barselona» Rashfordni yozdayoq o‘ziniki qilib olishga urinishi ehtimolga yaqin, biroq manchesterliklar eng yaxshi hujumchilaridan birini osonlikcha qo‘yib yuborishmasa kerak. Buning ustiga Rashfordning shartnomasida uning badal puli aniq belgilab qo‘yilmagan, turgan gapki, bunaqada transfer qiymati juda oshib ketadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring