Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» yangi rekord qayd etdi

«Barselona» yangi rekord qayd etdi

«Barselona» klubi Ispaniya kubogi chorak finalining javob uchrashuvida «Sevilya»ni yirik 6:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. Kataloniyaliklar birinchi o‘yinda 0:2 hisobida yengilgan edi.

Shu tarzda «ko‘k-anorranglilar» Ispaniya kubogida qatorasiga 9-marta yarim finalga chiqdi va musobaqa rekordini o‘rnatdi.

«Barselona» oxirgi to‘rt mavsumda ushbu turnirda g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, jamoa 2011/12 va 2008/09 mavsumlarda ham Ispaniyada kubokni qo‘lga kiritgan, 2013/14 va 2010/11 mavsumlarda esa finalgacha yetib borgan.

Qayd etish lozimki, «Barselona» Ispaniya kubogida eng ko‘p g‘olib chiqqan (30 marta) jamoa sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring